AQŞning Kaliforniya ştati avtotransport departamenti 2016 yilda muqobil avtomobillar iştirokida sodir bölgan turli hodisalarga doir hisobotni e'lon qildi. 

Rasmiy ma'lumotlarga köra, 2017 yil 1 yanvar holatiga binoan, 21ta kompaniya Kaliforniyaning umumiy foydalanişdagi yöllarida özlarining muqobil (haydovçisiz) avtomobillarini sinovdan ötkazgan. Ularning har biri sinovlar çoğida kutilmagan vaziyatlar soni borasida töliq ma'lumot berişlari şart. 

Kompaniyalar tomonidan töplanadigan ma'lumotlarda muqobil boşqaruv tizimidagi xatolar singari, maşinalar içidagi muhandislar boşqaruvni öz zimmalariga olişga asos bölgan turli xil kutilmagan holatlarni ham köriş mumkin. 

Bu kabi holatlar böyiça rekordçi esa, Bosch kompaniyasi avtomobillari bölgan. Garçi, uning muqobil avtomobillari soni atigi 3 dona bölsa-da, 2016 yili ularning iştirokida 1442ta hodisa qayd etilgan. Germaniya kompaniyasining muqobil transport vositasi Kaliforniya köçalarida 983 mil* (1573 km) masofa yurgani e'tiborga olinsa, 1 ming mil masofaga töğri keladigan hodisalar soni 1466,9tani taşkil etgan. 

Ikkinçi örinda, Germaniyaning yana bir işlab çiqaruvçisi — Mercedes-Benz joylaşdi. Kompaniyaning bittagina muqobil avtomobili sinovlari çoğida 336ta turli xil kutilmagan holatga duç kelingan. 2016 yilda 673 mil masofa ortda qoldirilgan bölib, 1 ming mil masofaga 499,3ta kutilmagan holat töğri keladi. 

Öziga xos aksilreytingning uçinçi örniga Tesla joylaştirilgan. Kompaniyaning 4 dona muqobil avtomaşinasi 2016 yilda 550 mil masofa yurgan, bunda 180ta holat qayd etilgan. Şunday qilib, 1 ming mil masofaga 327,3ta hodisa töğri kelişi hisoblab çiqilgan.

Biroq, barça muqobil boşqaruv tizimlari işlab çiqaruvçilarining işi bu qadar salbiy deb öylaş notöğri bölar edi. Masalan, Google kompaniyasining şö'ba korxonasi — Waymo 2016 yilda öz maşinalari 124ta kutilmagan holatga duç kelganini qayd etgan. Texnologik gigant kompaniya muhandislari yöllarga 60ta muqobil maşinalarni çiqargani, ular umumiy hisobda 636 ming mil yurgani aytilsa, 1000 milga töğri keluvçi hodisalar soni 0,2tani taşkil etişi ma'lum böladi. 

Germaniyaning BMW kompaniyasi ham şunga öxşaş natijasi bilan faxrlansa arziydi. Ularning yagona muqobil maşinasi ötgan yili 638 mil masofa yurgan bölsa, atigi bitta holat qayd etilgan. 

*mil – AQŞda masofa ölçov birligi, 1,609 kmga teng.