Payşanba kuni Şimoliy Koreyaning Rajin tumani va Rossiyaning Vladivostok şahri örtasidagi yangi doimiy yönaliş böyiça yuk-yölovçi teploxodi ilk reysi Primorega keldi. Bu haqda RIA Novosti taşuvçi kompaniya "InvestStroyTrest" vakiliga asosan xabar berdi.
"Kema ertalab Vladivostokning Dengiz vokzaliga yetib keldi", - deya xabar bergan suhbatdoş. Teploxod teskari yönaliş böyiça juma kuni keçqurun yölga çiqadi.
Xabar qilinişiça, kema bortida turistlar bölmagan, teploxod rossiyaliklar va Xitoy turkompaniyalari vakillarini olib kelgan, ular yönalişni tekşirib körgan. Rejaga köra, xitoylik turistlarga kelasi haftadan boşlab xizmat körsatila boşlanadi.
Avval KXDR va Rossiya örtasida yölovçi kemalari qatnovi bölmagan. Şimoliy Koreyaning Nason şahri va uning tumani Rajin alohida iqtisodiy zona maqomini oldi. Şu tariqa, biznesni erkin yuritiş imkoniyati yaratildi.
"InvestStroyTrest" ma'lumotiga köra, dastlabki payt Rossiyaga Xunçundan (XXR) xitoylik sayyohlarni, rus turistlarni esa Rajinga va şimoliy koreyalik işçilarni Rossiya hamda teskari yönalişda manziliga yetkaziş rejalaştirilgan. Kema uçta quruq tryumga ega bölib, unga 1500 tonna yuk siğişi mumkin.













