AQŞ prezidentlik saylovlarida iştirok etgan Hillari Klinton saylovoldi debatlari vaqtida Donald Trampning quçoq oçib körişişidan qoçişni repetitsiya qilgan. Bundan Klintonning sobiq yordamçisi Filipp Rayns tomondan tarqatilgan video guvohlik bermoqda.
Videoda Klintonning Trampga öxşaş aktyor bilan debatlarni sahnalaştirayotganini köriş mumkin. Videoda Klinton debatlar boşida "Tramp" tomon qöllarini çözgança borayotgani, Trampni öynayotgan aktyor esa unga quçoq oçib kelayotganini köriş mumkin. Söngra Klinton "Tramp"dan öng qöliga şapalatib, qoçmoqçi böladi, biroq "Tramp" Klintonga yetib olib, yelkalaridan uşlagança, boşidan öpib qöyadi. Kadr ortida esa Klinton yordamçilarining xoxolab kulayotganlari ovozi eşitiladi. "Debatlarga tayyorgarlik körişimizdagi eng sevimli lahzam", deb izoh bergan videoga Rayns.
Twitter foydalanuvçilaridan biri Raynsdan "videoda haqiqatan ham Klinton tasvirlanganmi?" deb söragan. "Aynan özi", deb javob bergan Rayns.
Klintonning özi esa "Men bugun bu videoni körib miriqib kuldim. Umid qilamanki, bu video kuningizni xuşnud qila oladi", deb videoga izoh qoldirgan.
Debatlar vaqtida Klinton va Tramp bir neça marotaba namoyişkorona bir-birlari bilan qöl siqişişdan boş tortişgan. Ular orasida quçoq oçib körişişni aytmasa ham böladi.
"Tramp quçoqlari" mavzusi AQŞ axborot hududida ikkinçi marotaba sizib çiqmoqda. Avvalroq Tramp tomondan iste'foga ketkazilgan FQBning sobiq direktori Jyeyms Komining döstlari Hill naşriga Komi Tramp uni omma oldida quçoqlab qöyganida u bundan jirkanganini ma'lum qilişgan.












