Rossiyaning Qozon şahrida juma kuni MDH hukumatlari rahbarlari Kengaşi va Yevroosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişlari bölib ötadi.

Rejaga köra, MDH hukumatlari rahbarlari Kengaşi yiğilişida hamdöstlik doirasidagi özaro harakatlarni rivojlantiriş, tinç maqsadda atom energiyasidan foydalaniş sohasidagi xalqaro kelişuvlar, geodeziya, kartografiya, kadastr va Yerni masofadan turib tadqiq etiş, intellektual mulkni himoya qiliş va kontrafakt mahsulotning tarqalişi kabi masalalar muhokama etiladi.

Yevroosiyo hukumatlararo kengaş yiğilişida esa Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğizistonni birlaştiruvçi ittifoq doirasidagi integratsion özaro harakatlarga oid keng kölamli masalalar körib çiqiladi.

Bundan taşqari, ittifoq bozorida çeklovlarni bartaraf etiş böyiça qöşma tadbirlar rejasini ma'qullaş, raqamli kun tartibini amalga oşiriş böyiça asosiy yönalişlarni tayyorlaş işlari va a'zo davlatlar taşqi iqtisodiy faoliyatini tartibga soliş tizimida “yagona oyna” mexanizmini rivojlantirişni ham muhokama etiş möljallangan.

Yevroosiyo hukumatlararo kengaşi yiğilişida şuningdek, agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot va tajribaviy-konstruktorlik işlarini taşkil etiş, sanoat mahsulotlariga nisbatan maxsus subsidiyalarni muvofiqlaştiriş va özaro manfaatli boşqa masalalar körib çiqiladi.

Avvalroq. Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi hukumat rahbarlari kengaşining navbatdagi yiğilişida Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etişi haqida xabar bergandik.