O‘zbekiston | 09:50 / 24.05.2017
13017
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov rahbarligidagi delegatsiya Qozon shahriga boradi

O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya 2017 yil 25—26 may kunlari Qozon shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid