Joriy yilning 26-29 may kunlari Termiz şahrida Özbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uçun Al hakim at Termiziy xotirasiga bağişlangan xalqaro turnir bölib ötadi.
Dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan 150 nafardan ziyod sportçilar va mehmonlar kuraş vataniga taşrif buyurişdi.
Xalqaro turnir oldidan Kuraş Xalqaro Assotsiatsiyasining navbatdan taşqari Kongressi bölib ötdi.
Kongressda barça qit'aviy Konfederatsiyalar Prezidentlari va 46 davlat federatsiyalari Prezidentlari va vakillari iştirok etdi.
Kun tartibidan Kuraşni dunyo miqyosida yangi rivojlantiriş bosqiçiga olib çiqiş, 2028 yildagi Olimpiya öyinlari Dasturidan rasmiy örin oliş masalalari muhokama etildi.
Kongressda taşkiliy masalalar ham körilib, unga köra Kuraş Xalqaro Assotsiatsiyasida boşqaruv tizimida asosçi rais lavozimi ta'sis etilib, bu lavozimga zamonaviy kuraş asosçisi, Kuraş Xalqaro Assotsiatsiyasiga 16 yil davomida prezidentlik qilgan Komil Yusupov nomzodi bir ovozdan saylandi.
Assotsiatsiya vitse–Prezidenti lavozimiga taniqli siyosatşunos, Xalqaro Press klubi Raisi Şerzod Qudratxöjayev saylandi.








