AQŞ prezidenti Donald Trampning Saudiya Arabistonida boşlanib, Isroil, Falastin, Vatikanda davom etib, Bryusselda tugallangan turnesi Vaşingtonning yangi davr taşqi siyosatidagi ustuvor yönalişlariga işora qiladi. Hurriyet naşrida şu mavzudagi maqola taqdim etildi.
Buş va Obama doktrinasi
2001 yilning 11 sentabriga qadar AQŞ prezidenti Jorj Buşning doktrinasi köproq "ogohlantiruvçi operatsiyalar" ustiga qurilgan edi. Bu esa AQŞ milliy xavfsizligiga ehtimoliy tahdidni öz vaqtida bartaraf etişni közda tutardi. Uşbu doktrina doirasida Buş ma'muriyati Afğonistondan keyin Iroqqa aralaşuv rejasini amalga oşirgan va Saddam Husaynni qulatgan. Yaqin Şarq hali-hanuz uşbu aralaşuv oğriqlarini unuta olmaydi.
Barak Obama Buşdan keyin hukumat tepasiga kelib, Afğoniston va Iroqdan harbiylarni olib çiqişga va'da berdi. Yaqin Şarq ortiqça yuk edi. AQŞ Tinç okeani mintaqasi, Lotin Amerikasi va Osiyoga e'tiborini qaratişi kerak bölgan. Eski duşmanlar yangi hamkorlarga aylanişi mumkin edi. Eron bilan yadroviy kelişuv imzolaş bilan boğliq jarayonni tasdiqlagan Obama Kuba bilan munosabatlardagi taranglikni bartaraf etişga ham muvaffaq böldi. Biroq Yaqin Şarq uni ta'qib qilişda davom etardi. Aksariyati Iroqdan olib çiqilgan amerikalik harbiylar qisman ortiga qayta boşladi. Bu safar nafaqat Iroq, balki kiçik jahon uruşi ketayotgan Suriya ham jarayonga jalb qilindi.
Ötgan yili yozda Atlantik jurnaliga berilgan intervyuda Obama Suriyada kimyoviy qurolning qöllanişini "qizil çiziq" deb atadi va öz pozitsiyasini "Vaşington ssenariylarini buziş" sifatida e'tirof etdi. Boşqa tomondan, Yaqin Şarq Obamaning taşqi siyosat doktrinasi şakllanişiga hissa qöşdi. Endi AQŞ öz harbiylarini jalb qilib, töğridan-töğri emas, balki mahalliy kuçlardan foydalana boşladi - masalan, Suriyada xalq mudofaa otryadlari - Kurdiston Işçilar partiyasining bir novdasi bilan hamkorlik qilardi.
AQŞ-Saudiya "qurolli bitimi"
Hozir asosiy sahnada - AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp. U özining ilk xorijiy safari doirasida dinlararo turni amalga oşirdi, deyiş mumkin, zero Tramp öz safarini Ar-Riyodda boşlab, Qudsda davom ettirib, Vatikanda tugalladi. Biroq keçagi kunga qadar mazkur turne doirasida eng muhimi - Saudiya Arabistoni rahbariyati bilan qurol-yaroğga doir imzolangan 110 milliard dollarlik bitim edi. Ön yil davomida AQŞning Saudiyaga 350 milliard dollarlik qurolni sotişi Trampning taşqi siyosatini tuşuniş uçun ba'zi kalitlarni tutqazadi.










