Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeli Şilvi qişloği, janubiy park, Qarşi-Nişon avtomagistrali yaqinidagi Maxtumquli, aeroport hududlarida joylaşgan sport maydonini körgan kişining afsuslanişi turgan gap. Töğrisi, katta mablağ evaziga qurilgan maydonçadagi bu xunuk manzarani körib, nahotki, bu yerning egasi bölmasa, degan savolga bordik.

Fotoapparatimizni işga tuşirib, sigirlarni suratga olişni boşlagan ham edik-ki, uzoqdan bir kişi oldimizga yugurib keldi. Gaplariga qaraganda bu kişi sariq rangdagi sigirning xöjayini ekan. Jonivor maydonçaga kirib ketganini özi ham payqamay qolibdi. Uni qidirib yurgan ekan. Maza-maza sigirning egasiga maza ekanda! Tayyor - keng yaylov. Ertalab ipini şoxiga örab, sigiriga köçani körsatib qöysa bas. Keçga borib maysazordan qorni qappayib qaytadi. Maydonçaning temir panjaralari qöporilişi mumkinligi bilan işi yöq. Öziniki emas-da! Mana ahvol, maydon allaqaçon yoş öğil-qizlarning sevimli sport öyingohi emas uç-tört sigir ötlaydigan dalaga aylangan. Maydonçani örab turgan temir panjaralar köçib, oyoği singan laylakdek bir tomonga yotib qolgan. Yuviniş, dam oliş, kiyiniş xonalarini aytmaysizmi? Omborxonaga öxşaydi. Şu yaqin atrofdagi ba'zi kimsalar undan "produkt" saqlaydigan "sklad" qilib olgan. Bir öylab köring, qarovsiz qolgandan keyin, qolaversa, şu atrofdagi mahallaning bolalari ham oyoq bosişlariga ruxsat bölmagandan söng, bu tekin maydon kimgadir xizmat qilişi kerak-da. Nima dedingiz? Töğri, siz ham, aslida maydonçadan mahallaning iqtidorli havaskor yoş öğil-qizlari foydalansa, ulardan kelajakda mohir futbolçilar yetişib çiqarmidi, deb öylayotgandirsiz. Gapingizda jon bor. Ammo maydon egalari bu haqda nahotki boş qotirmagan bölsa?

Xöş, aslida bu maydon kimga tegişli? Egasi ana şu xunuk holatlardan xabardormi?

Yaqin atrofda yaşaydigan kişilarning aytişiça, bu maydon Qarşi temir yöl uzeli unitar korxonasiga tegişli ekan.

"Savobi ham uvoli ham öziga..."

- Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeli Şilvi qişloği, janubiy park, Qarşi-Nişon avtomagistrali yaqinidagi Maxtumquli, aeroport hududlarida joylaşgan sport maydonçani, aytyapsiz-da, deydi savolimizga hayratlanib, Qarşi mintaqaviy temir yöl uzeli kadastr bölimi boşliği Husan Fayziyev. - Ha, bizning balansdagi maydon.