Filippin poytaxti Manilada joylaşgan Resorts World Manila mehmonxonalar majmuasida portlaş va otişma ovozlari eşitildi. Keyinroq ma'lum bölişiça, yuz bergan otişma oqibatida 25 kişi yaralandi. Bu haqda Manila Times xabar bermoqda.
Mahalliy Qizil xoç jamiyati vakili Psay Çapterning ma'lum qilişiça, yaralanganlar şahar şifoxonalariga jönatilgan.
Qutqaruvçining sözlariga köra, köplab yaradorlar yopib qöyilgan bino içida qolmoqda. Ayrimlar mehmonxonaning ikkinçi qavatidan sakrab, jiddiy jarohat olgan.
ABS-CBN telekanalining guvohlarning sözlariga asoslanib xabar berişiça, qora kiyimli va niqobli odamlar mehmonxona kozinosining öyin stollarini yoqib yuborişgan.
Majmua Filippin xalqaro aeroporti röparasida joylaşgan.
Sönggi ma'lumotlarga köra, mehmonxona binosi oldida tez yordam, öt öçiriş va qutqaruv xizmati xodimlari işlamoqda.







