Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “2020 yil Tokio şahrida (Yaponiya) bölib ötadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya öyinlariga Özbekiston sportçilarini munosib tayyorlaş töğrisida”gi PQ-2821-son qarorining çora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasining 2017 yil 11-maydagi “Velosport şosse böyiça elita, anderlar va ayollar örtasidaÖzbekiston çempionatini ötkaziş töğrisida”gi 349-son Buyruği asosida Özbekiston milliy terma jamoasi uçun munosib örinbosar sportçilarni saralab oliş va iqtidorli sportçilarni aniqlaş maqsadida 29 may sanasidan 2 iyun sanasiga qadar Farğona viloyatida Erkaklar, ayollar va anderlar örtasida Özbekiston çempionati bölib ötdi.

Musobaqa taşkiliy jihatdan yuqori saviyada taşkil etildi. Yozning jazirama issiq kunlarida sportçilarni musobaqadagi çanqoqlarini qondiriş maqsadida Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi xamkori “Navruz international corp” kompaniyasi Montella içimlik suvlari bilan ta'minlab berdi.

Musobaqada Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar sportçilari iştirok etdi.

30 may sanasidagi musobaqada 9 ta medal uçun Individual poygalar bölib ötdi.

Birinçi poyga 30 km. masofaga elita (erkaklar) vakillari örtasida bölib, unda:

1-örinni Toşkent viloyatidan M.Xalmuratov egalladi;

2-örinni Toşkent viloyatidan R. Karimov;

3-örinni Toşkent şaxridan R. Federov ğoliblikni qölga kiritdilar.

Ikkinçi poyga 30 km. masofaga ander (ösmirlar) örtasida bölib, unda:

1-örinni Namangan viloyatidan D. Siddikov;

2-örinni Toşkent şaxridan A. Izmaylov;

3-örinni Respublika oliy sport maxorati maktabidan R. Şukurov egalladi.

Uçinçi poyga 15 km. masofaga ayollar örtasida bölib ötib, unda:

1-örinni Toşkent viloyatidan R. Baymetova;

2-örinni Toşkent şaxridan Ye. Knebeleva;

3-örinni Toşkent viloyatidan O. Jantuganova qölga kiritdi.

31 may sanasida  60 km.lik masofaga erkalar örtasida Jomoaviy poyga va 20 km.lik masofaga ayollar örtasida Juftlik poygalari bölib ötdi.

Erkaklar örtasidagi 60 km.lik masofada:

1-örinni Toşkent viloyati jamoasi R. Karimov, M. Xalmuratov, D. Ollamov, Yu. Abrekovlar;

2-örinni Toşkent şahri jamoasi R. Federov, A. Izmaylov, S. Medvedev, S. Sevastyanovlar;

3-örinni Olimpiya zaxiralari kolleji jamoasidan I.Şodiyev, D. Siddikov, A. Sunnatov A. Tugizakovlar ğoliblikni qölga kiritdilar.

Ayollar örtasidagi  Juftlik poygalarida 20 km.lik masofada ötkazilgan bahsda:

1-örinni Toşkent viloyati O. Jantuganova, M. Misyurina;

2-örinni Toşkent viloyati R. Baymetova, Ye. Knebilayeva;

3-örinni Toşkent şahridan N. Koziyeva, A. Rudenko egallaşdi.

1 iyun sanasidagi musobaqada guruhli poygalar bölib ötdi. Unda:

Erkaklar örtasidagi 157 km.lik masofada quyidagi sportçilar ğoliblikni qölga kiritdilar:

1-örin R. Karimov;

2-örin M. Xalmuratov;

3-örin A. Akparov egalladi.

Anderlar örtasidagi 157 km.lik masofada quyidagi sportçilar ğoliblikni qölga kiritdilar:

1-örinni A. Izmaylov;

2-örinni A. Sunnatov;

3-örinni A. Yokubbayev.

Ayollar örtasidagi 14 km.lik masofada quyidagi sportçi-qizlar  ğoliblikni qölga kiritdilar:

1-örinni O. Jantugnova;

2-örinni M. Misyurina;

3-örinni S. Karimova.

2 iyun sanasidagi musobaqada 60 km. masofaga Kriterium-poygada:

1-örinni R. Federov;

2-örinni S. Medvedev;

3-örinni Ş. Abdumanapov qölga kiritişdi.

Musobaqa yakunida yopiliş marosimi bölib ötib, unda ğolib sportçilar medal, diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.