Astronomlar xalqaro jamoasi eng qaynoq ekzosayyorani aniqlaşdi. Bu boradagi tadqiqot Nature jurnalida çop etildi.

KELT-9b (HD 195689 b) sayyorasining yulduziga qaragan tomonidagi atmosferasi harorati zarğaldoq mitti yulduzniki kabi 4,6 ming kelvin yoki Tselsiy böyiça 4327 gradusni taşkil qiladi. Sayyoraning gaz qobiğidagi şaroitlar şundayki, ularda körinişiça molekulalar yöq, ya'ni materiya atomar yoki ionlaşgan holatda. 

Ekzosayyora KELT-9 (HD 195689) yulduzi atrofida 1,48 sutkalik davr va undan 0,3 astronomik birlik uzoqlikda aylanadi. Sayyora Yupiterdan taxminan 2,88 marta oğirroq va 6,75 marta kattaroq.

KELT-9 yulduzi esa Quyoşdan 2,5 marta oğirroq va 13,14 marta kattaroq. Yulduz sirtidagi harorat 10,17 ming kelvinni taşkil qiladi (Quyoşning sirtidagi harorati 5,8 ming kelvin). Yulduz spektral tasniflaşda A va V turdagi yulduzlar orasida joylaşgan. 

KELT-9 yulduzi tizimi KELT (Kilodegree Extremely Little Telescope) observatoriyalari tomondan tadqiq qilindi.

Bungaça eng qaynoq ekzosayyora WASP-33 b (HD 15082 b) sayyorasi hisoblanardi, uning sirti harorati 3,3 ming kelvinga baholanardi. Yangi tadqiqotga köra, KELT-9b sayyorasi öz quyoşidan WASP-33 b’ga qaraganda 700 marta köproq rentgen radiatsiyasi oladi.