Janubiy Koreyada ötkazilayotgan 20 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida oltin medallar uçun final bahsi Angliya va Venesuela terma jamoalari örtasida ötkazildi. Öyindagi yagona golni «Everton» hujumçisi Dominik Kalvert-Lyuin urdi.
Ikkinçi bölimda venesuelaliklar hisobni tenglaştirişga yaqin kelişgandi, ammo inglizlar darvozaboni Frederik Vudmen Adalberto Penyarandaning 11 metrli nuqtadan bergan zarbasini bartaraf etdi.
Öyinda hisob özgarmay qoldi va Angliya yoşlar terma jamoasi (U-20) 1977 yildan buyon ötkazilayotgan turnirda ilk marta ğolib bölişdi. Şuningdek bu inglizlarning jahon çempionatlarida 1966 yildan buyon ilk marta ğolib çiqişidir.
Jahon çempionati (U-20). Janubiy Koreya. Final
Venesuela – Angliya – 0:1 (0:1)
Gol: Kalvert-Lyuin, 35.
Aniq amalga oşirilmagan penalti: Penyaranda, 74 (Venesuela).
Venecuela U-20 – Farines, Ernandes, Ferraresi, Velaskes, Ernandes, Errera, Lusena, Kordova (Sosa, 72), Penyaranda (Urtado, 90), Çakon (Soteldo, 51), Penya.
Angliya U-20 – Vudmen, Tomori, Uoker-Piters, Kenni, Klark-Solter, Kuk, Dauell (Odjo, 62), Onoma, Lukman (Meytlend-Naylz, 76), Solanke, Kelvert-Lyuin.
Ogohlantirişlar: Velaskes (46), Tomori (48), Dauell (58).








