Oksford universiteti professori va tadbirkor Brayan Bellxauz unga sigirlar tödasi hujum qilişi oqibatida olgan jarohatlardan vafot etdi. Bu haqda Independent naşri xabar bermoqda. 

Naşrning ma'lum qilişiça, voqea 12 iyun kuni ertalab röy bergan. 80 yoşli olim Şarqiy Susseksdagi Gestling degan joydagi qişloq çerkovi yonidan ötib ketayotganda, unga quturgan sigirlar taşlanib qolgan.

Mahalliy aholi Bellxauzning qiçqiriqlarini eşitib, tez yordam va politsiya çaqirtirişgan. Voqea joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari pensionerni jonlantirişga urinişgan, biroq olimning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan.

Bellxauz uzoq vaqt dunyoning eng nufuzli ta'lim maskanlaridan biri – Oksford universitetida saboq bergan va professor unvoniga ega bölgan. U, şuningdek, Powderject farmatsevtika kompaniyasi asosçilaridan biri bölgan.