Ijtimoiy tarmoqlarda leyborçi va Britaniya parlamenti a'zosi Ed Bollz va Atrof-muhit muhofazasi vaziri Maykl Gouvning liftda Gangnam Style'ga raqs tuşayotgan videosi tarqaldi. Video yuqori lavozimdagi amaldorlarni bunday vaziyatda körişga örganmagan foydalanuvçilar tomonidan turliça baholandi. 

"Gouvning xoreografiya saboqlarini berişi kamida ğalati", deb hisoblaşmoqda Metro jurnalistlari. 

Keyinçalik ma'lum bölişiça, britaniyalik amaldorlar bekorga liftda raqsga tuşişmagan. Bu epizod The Channel 4'dagi körsatuvlardan birida namoyiş etiladi. Körsatuv 2016 yilda öldirilgan Leyborçilar partiyasi a'zosi Helen Jo Koks xotirasiga bağişlanadi. 

Marhumaning qarindoşlari odamlarni jipslaştiriş maqsadida uning şarafiga bayram uyuştirişga qaror qilişgan. Şu bois Koksning xotirasiga bağişlangan körsatuv hajviy yönalişda böladi, deyiladi The Telegraph'da.