Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi 78-umumta'lim maktabini borib kördi.
Uçtepa tumanidagi 78-maktab 1967 yilda qurilgan. Maktabni qayta ta'mirlaş, moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş rejalaştirilmoqda.
Prezident maktab bilan kollejlar örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaş, xususan, uşbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta'limni qayta tiklaş, uning qoşida öquv-kasb korxonasi taşkil etiş zarurligini ta'kidladi.
«Yuqori sinflarda bolalar şaxs bölib, jamoa bölib şakllanadi. Ayni öşa paytda ularni özlari örgangan muhitdan ajratib qöymaslik kerak. Bu yoşlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir qilişi mumkin. Şu bois ta'lim jarayonining uzluksizligini ta'minlaş, öquv dasturlarini takomillaştiriş zarur», — degan Prezident.
Şavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Toşkentda bölib ötgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlaş, muqaddas dinimizning sofligini asraş — davr talabi» mavzusidagi anjumanda sözlagan nutqida yoş avlod tarbiyasi haqida alohida töxtalib ötgandi.
«Bizni hamişa öylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoşlarimizning odob-axloqi, yuriş-turişi, bir söz bilan aytganda, dunyoqaraşi bilan boğliq. Bugun zamon şiddat bilan özgaryapti. Bu özgarişlarni hammadan ham köproq his etadigan kim – yoşlar. Mayli, yoşlar öz davrining talablari bilan uyğun bölsin. Lekin ayni paytda özligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday uluğ zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, özligiga sodiq qolişga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erişamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan», deya prezidentning sözlarini keltirgan ÖzA.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatçilikka katta mas'uliyat yuklaşi,
mamlakatda ta'lim-tarbiya sohasining barça böğinlari – maktabgaça ta'lim, maktab, örta maxsus va oliy ta'lim tizimini takomillaştiriş, yangi muassasalar bunyod etiş va mavjudlarini qayta ta'mirlaş böyiça olib borilayotgan işlar yoşlar kamolotida öz samarasini berişi ta'kidlangan.
Şu yerda 1-sinf öquvçilariga beriladigan «Prezident sovğasi» komplekti, maktab öquvçilariga möljallangan badiiy adabiyotlar, xalq ta'limi muassasalarini yangi öquv yiliga tayyorlaş rejasi namoyiş etilgan.








