Rossiya terma jamoasi Yangi Zelandiya terma jamoasini Konfederatsiyalar kubogi doirasidagi birinçi uçraşuvda mağlubiyatga uçratdi.

Sankt-Peterburgda bölib ötgan uçraşuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Öyinning 31-daqiqasida yangi zelandiyaliklar sardori Maykl Boksoll öz jamoasi darvozasiga gol yöllab qöydi. 69-daqiqada Fedor Smolov rossiyaliklarning hisobdagi ustunligi ta'minladi.

Endilikda rossiyaliklar A guruhida 3 oçko bilan peşqadam bölib turibdi. Stanislav Çerçesov şogirdlari keyingi turlarda portugaliyaliklar va meksikaliklarga qarşi uçraşuvlarda maydonga tuşadi.

Rossiya va Yangi Zelandiya turnirni oçib berdi. 18 iyun kuni guruhlarda yana ikki uçraşuv ötkaziladi — Qozonda Portugaliya Meksika bilan öynaydi, Moskvada esa Kamerun va Çili uçraşadi.

Konfederatsiyalar kubogi Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon va Soçi şaharlarida 2 iyulga qadar ötkaziladi.

Rossiya – Yangi Zelandiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 31, avtogol Boksell, 2:0 – 69 Smolov.
Rossiya – Akinfeyev, Kudryaşov, Vasin, Djikiya, Jirkov, Yeroxin (Tarasov, 77), Gluşakov, Golovin, Samedov, Poloz (Buxarov, 64), Smolov (Mirançuk, 90).
Yangi Zelandiya – Marinoviç, Smit, Uinn, Boksell, Dyurent, Roxas (Smelts, 71), Kolvi (Petterson, 83), Tomas, Vud, Barbaruses (Tuiloma, 61), Makglinçi.