JÇ-2018 mezboni Rossiya terma jamoasi Moskvada Braziliya bilan örtoqlik öyinini ötkazdi.

Aytiş joizki, mezbonlar faqat birinçi bölimda raqib hujumlariga doş bera olişdi. Ikkinçi bölimda braziliyaliklar yeng şimarib, işga kirişişdi va Rossiya darvozasiga uçta töp kiritişdi. Gollar Miranda, Koutino va Paulino hisobiga yozildi.

27 mart kuni Braziliya safarda Germaniya bilan, Rossiya öz maydonida Fransiya bilan örtoqlik öyini ötkazadi.

Örtoqlik öyini
Rossiya – Braziliya - 0:3 (0:0, 0:3)
23 mart, Moskva, «Lujniki» stadioni
Gollar: 0:1 – 53 Miranda, 0:2 – 62, penalti Koutino, 0:3 – 66 Paulino. 
Rossiya – Akinfeyev, Granat, Kutepov, Kudryaşov, Kombarov (Jirkov, 76), Golovin, Samedov (Smolnikov, 80), Mirançuk (Dzagoyev, 53), Zobnin, Gluşakov (Mirançuk, 64), Smolov (Zabolotniy, 71).
Braziliya – Alisson, Miranda, Marselo, Dani Alves (Fagner, 83), Tiago Silva, Paulino (Renato Augusto, 71), Kazemiro, Villian (Tayson, 79), Koutino (Fred, 79), Duglas Kosta, Gabriel Jyezus (Firmino, 65).