Rossiya terma jamoasining «Lujniki»da Braziliyaga qarşi ötkazilgan va 0:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunlangan örtoqlik uçraşuvi terma jamoaning uy uçraşuvlaridagi eng yirik mağlubiyati böldi.

1992 yildan buyon terma jamoa rossiyaliklar 270 uçraşuv ötkazgan, şundan 64 uçraşuvda mağlubiyat qayd etilgan. Rossiya termasi tarixidagi eng yirik mağlubiyat 2006 yili jahon çempionati saralaşida Lissabonda Portugaliyaga 1:7 hisobida yutqazişi bölgandi.

Şuningdek, neytral maydonda, 2016 yilgi Yevropa çempionatida Tuluzada keçgan bahsda Rossiya Uelsga 0:3 hisobida yutqazgandi.

Şu bilan birgalikda şu vaqtgaça terma jamoa uy uçraşuvlarida yirik hisoblarda yutqazmay kelayotgandi - eng yirik mağlubiyatlar 2ta töp farqi bilan röy bergan, bunday öyinlarning oxirgisi 2017 yilning martida, Krasnodarda keçgan uçraşuvda Çersesov şogirdlari Kot-d'Ivuarga 0:2 hisobida mağlub bölgandi.

23 mart kuni Rossiyaning «Lujniki»da Braziliyaga 0:3 hisobida yutqazişi bu boradagi antirekordga aylandi. 26 yillik tarixida Rossiya terma jamoasi Rossiyada keçgan öyinlarda 3 töp farqi bilan yutqazmagandi.

Çerçesov rahbarligida rossiyaliklar 18 uçraşuv ötkazib, 6 ğalaba, 7 mağlubiyat va 5 durang qayd etdi.

Rossiyaning keyingi öyini 27 mart kuni Sankt-Peterburgda Fransiya termasiga qarşi keçadi.