Kolumbiya hukumati narkobaron Pablo Eskobarga tegişli bölgan begemotlarning bir qismini yöq qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda BBC News xabar berdi. 

Hozir Kolumbiyada kamida 166 «kokain» begemotlari yaşamoqda. Mamlakat atrof-muhit vaziri Susana Muhammad sözlariga köra, 20 boş hayvon sterilizatsiya qilinadi. Boşqalari çet elga jönatiladi yoki yöq qilinadi. 

Pablo Eskobar 1980-yillarda özining şaxsiy hayvonot boği uçun begemotlarni Afrikadan noqonuniy olib kelgan. Uning ölimidan keyin tört boş begemot qarovsiz qolib, köpayişni boşlagan. Tabiiy duşmanlar yöqligi sababli ularning soni oşib ketgan. Mutaxassislar 2040 yilga borib Kolumbiyada bu hayvonlarning soni bir yarim mingga yetişidan xavotirda. 

Kolumbiya hukumati köp yillar davomida begemotlar tarqalişini töxtatişga harakat qilmoqda. Ularni otib öldiriş keskin noroziliklarga sabab böldi, şuning uçun hukumat hayvonlarni sterilizatsiya qiliş jarayonini boşladi. Biroq, bu juda qiyin iş bölib çiqdi, çunki begemotlarni uşlaş va harakatsizlantiriş öta oğir. 

«Begemotni otib öldiriş fikri heç kimga yoqmaydi, ammo boşqa strategiya işlamaydi», dedi ekolog Natali Kastelblanko-Martines muammo haqida. 

Mart oyida Kolumbiya hukumati boşqa mamlakatlardan Pablo Eskobarning 70 boş begemotini qabul qilişni söragani, jumladan, Hindiston va Meksikaga murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.