Ispaniya soliq idoralari «Real» yarim himoyaçisi Xames Rodrigesga rasman ayblov qöyişi mumkin.

OK Diario tarqatgan xabarga köra, soliqçilar uşbu kolumbiyalik futbolçi va uning agentining moliyaviy hujjatlarini tekşiriş işlarini boşlagan. 2014 yilda «Monako»dan «Real»ga ötgan Xames soliqlardan qoçiş maqsadida offşor kompaniya xizmatidan foydalangan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Bungaça xuddi şunday tekşiruv işlari «Real»ning boşqa futbolçilari, hozirda ham jamoa a'zosi hisoblanadigan Kriştianu Ronaldu hamda jamoaning sobiq futbolçisi Anxel Di Mariyaga nisbatan ötkazilgandi. Şuningdek, Luka Modriç Xorvatiyada tergovga çaqirilgan.