Buyuk italyan adibi Jovanni Bokkaççoning “Dekameron” asari
özbek tilida naşr etilib, şov-şuv bölgan kunlarda bir kişi
kitob dökoniga kirib sörabdi:
— Sizlarda Dika Mironning “Poka-çego” degan kitobi bormi?

“Yaşil çiroq”ni kutayotgan “Mahobhorat” (yoki noözbeklar işi)

Boşdanoq aytay, kinoşunosmasman. Aksinça, har qanday “şunos”lardan nariroqda ötayotgan, oddiy bir “kinoxör”man. Demoqçimanki, quyida yozajaklarimdan ilmiy iboralaru yangi bir ma'lumotni topolmasangiz, hayron bölmang. Yana aytaman, taassurotimni bayon etgum. Zotan, kişining özi tiş yormagunça, keçinmasini biliş gumon. Ma'lumotni esa, masalan, internetdan ham bearmon bilib olaveriş mumkin.

“Oltin davr”im, asosan, kitob ustidayu TV tagida ötdi desam, lof bölmas. Buning uçun, qaysidir ma'noda, kulliyotga yot bölgan domlalardan minnatdorman. Bir rassomdan, “siz uçun eng uluğ ustozingiz kim?”, deb söraşsa, maktabda, darslarini uxlab “ötgan” va şu tariqa özi ham işonmaydigan safsatalarga özgalarni-da işontirişga çiranmaydigan mafkura öqituvçisini eslagan ekan...

“Hammasi köngildagidek”

...“Taqa-taq-taqa-taq-taqa-taq... Po‘-o‘-o‘-o‘-o‘-o‘-öp!” —  poyezd Rimga yelmoqda. Kupelarning birida: möylabigaça qum oqargan, katta gardişli közoynak taqqan, ammo nigohlari nedir saodatdan porlagan bir qariya ötiribdi. Oynadan “lip-lip” ötayotgan manzaralarni zavq-la tomoşalaydi, hamrohlariga bitta-bitta qaraydi, tomoq qirib-yutinadi... Içiga siğmayotgan şodligini kimgadir tökib-solgisi bor. Şu payt konduktor keladiyu çiptalarni söraydi. Qariyaning çiptasini teşayotganda, çiroq birrovga öçib-yonadi. Körişsaki, çiptaga qöşilib, çol qoronğida farqlay olmay uzatgan, kaftdekkina bir surat ham teşilgan. U bundan qattiq oğrinadi. Titroq qöllarida, bağridan juft öyiq oçilgan rasmga yiğlagudek termularkan, qarşisida ketayotgan, özi tengilar ayol muloyim bir sasda söz qotadi:
— Körsam, maylimi?
— Albatta, marhamat! — xiyol jonlanadi qariya.
— Teatr tomoşasidanmi, deyman? — qiziqsinadi ayol, suratdagi turfa niqoblarda tuşmiş, bir guruh kişilarga işoratan.
— Yo‘-öq, xonim, bu — mening oilam!, — javob beradi qariya, oşkora faxrlanib.
— Ha-a...
— Xonim, marhamat qilib, qayoqqa ketayotganimni sörang mendan?, — deydi qariya, astoydil gurung berişga şaylanib.