Kuni keça «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida Özbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda törtta yangi islomiy körsatuv efirga uzatilişi vaqtlari tasdiqlandi. Bu haqda Islom.uz portali xabar bergan.

Aniqlanişiça, 20-mart kuni «Söragan edingiz» körsatuvi mazkur telekanal orqali efirga uzatiladi. Boşlaniş vaqti esa seşanba, soat 18-00 etib belgilangan. Xabarda aytilişiça, körsatuv haftaning har seşanba kunlari muntazam davom etib boradi. Teletomoşabinlar uçun keçki va ertasi kunduzgi dasturlarda takroran namoyiş etilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, «Qur'onni örganamiz» körsatuvi çorşanba kuni, soat 18-00 «Madaniyat va ma'rifat» telekanalida efirga uzatiladi. Uşbu körsatuv ham çorşanba kunlari doimiy ravişda davom etişi nazarda tutilgan.

Bundan taşqari, «Oltin silsila» körsatuvining ilk soni, 22-mart, payşanba kuni, soat 18-00 efirga qöyiladi. «Bitiklar mutolaasi» körsatuvi esa 24-mart, şanba kuni, soat 18-00 teletomoşabinlarga havola etiladi.