Bugungi kunda turli noqonuniy yöllar bilan mamlakatimizga olib kirişga urinilayotgan har qanday xavf-xatarlar uçun jazo belgilangan. Jamiyatimizning tinçligi va ogohligi, yoşlarimizni ertangi kuni va kelajagi uçun barçamiz mas'uldirmiz. Ammo, bu mas'uliyatni aynan kelajagimiz bölgan yoşlarning ayrimlari çetlab ötmoqda.
Özbekiston Respublikasi va insoniyat xavfsizligiga qarşi, hududiy yaxlitlikni, davlat suveriniteti va siyosiy mustaqillikni buzişga qaratilgan bosma naşriyot maxsulotlari, qölyozmalar, klişe, rasmlar, fotosuratlar, fotoplyonkalar, negativlar, kino, video va audio mahsulotlari, ovoz yozilgan materiallar, şuningdek, uruş, terrorizm, zöravonlik, milliy ajratiş va diniy qarşilik hamda pornografik mazmundagi materiallarni olib kiriş taqiqlangan.
Şunga qaramay, bojxona çegaralari orqali jismoniy şaxslar tomonidan noutbuk, qöl telefoni va boşqa axborot taşuvçi vositalarda behayolik va zöravonlikni tarğib etuvçi materiallarni olib ötişga bölgan urinişlar tez-tez uçramoqda.
Bu borada, Samarqand viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan behayo va zöravonlik mazmunidagi fotosuratlar, videofilm va videoroliklarni bojxona çegarasi orqali noqonuniy olib ötişga harakat qilgan bir guruh «telegrammçilar»ga e'tiborimizni qaratsak.
«Samarqand aeroport» çegara bojxona posti inspektori A.Sanakulov tomonidan Rossiya Federatsiyasidan Özbekiston Respublikasiga Moskva («Domodedovo») – Samarqand yönalişida 515-sonli aviareys bilan uçib kelgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi S.Boyitov özi tomonidan töldirilgan bojxona deklaratsiyasiga asosan oğzaki savol-javobdan söng, unga tegişli bölgan muqaddam foydalanilgan deklaratsiyasida yozib körsatilgan bir dona qora rangli taxminan qiymati 1.000.000 söm bölgan Samsung rusumli uyali telefoni xolislar iştirokida tekşirilganda, telefonning Telegram papkasida 46 dona behayo mazmundagi video fayllar hamda 44 ta behayo mazmundagi foto suratlar borligi aniqlandi.
Xuddi şunday holat Moskva («Domodedovo») – Samarqand yönalişidagi 515-sonli aviareys bilan uçib kelgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi J.Pirnazarovning «Huawei» rusumli planşeti xolislar iştirokida tekşirilganda, uşbu uyali telefonning Telegram papkasida ham 40 ta behayo mazmundagi video fayl borligi aniqlandi.
Telegram ijtimoiy tarmoğini D.Jöraqulovni ham çetlatib ötmadi. U Moskva («Vnukovo») – Samarqand yönalişidagi 809-sonli aviareys bilan uçib kelganda, uning «Samsung» rusumli qöl telefonidan ham behayo mazmundagi videolar borligi aniqlandi. Eng açnarlisi şuki, yigitlar bu videolarning qöl telefonlariga qanday qilib tuşib qolganidan göyoki «bexabar va körmagan».








