AQŞning Arkanzas ştatida 32 yil avval qamoqdan qoçib ketgan mahbus uşlandi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Stiven Dişman ismli bu qoçoq ştatning şimolidagi Springdeylda qölga olindi. U öğirlik uçun 7 yillik qamoq jazoni ötayotgan Linkoln okrugi qamoğidan 1985 yil may oyida qoçişga muvaffaq bölgan. Telekanalning ta'kidlaşiça, Dişman unga çiqarilgan jazo hukmi kuçga kirgandan 3 yil ötib, ya'ni 1987 yilda şartli-muddatdan avval ozodlikka çiqiş huquqiga ega bölgandi.
Telekanal ma'lumotlariga köra, huquq-tartibot idoralari Dişmanning qayerda ekanligini qanday bilişgani tafsilotlari oşkor etilmagan. Qoçoq jazo muddatining qolgan qismini ötaş uçun qamoqqa olinadi. Prokuratura şuningdek Dişmanga qoçgani uçun jazo muddati oşirilişi kerak-kerakmasligi borasida qaror çiqaradi.








