Afğoniston janubidagi Hilmand viloyatida ötkazilgan havo va quruqlikdagi harbiy amaliyotlar davomida «Tolibon» harakatinig kamida 43 nafar jangarisi yöq qilingan. Bu haqda Tolo News agentligi xabar tarqatdi.
Xabar qilinişiça, maxsus amaliyotlar Nava tumani hududida yakşanba kuni keçqurun xorijiy harbiylar kömagida ötkazilgan. Viloyat gubernatori ofisida ma'lum qilişlariça, operatsiya davomida 27 nafar jangari jarohat olgan. Yöq qilingan jangarilar orasida 3 nafar dala qömondoni ham bor.
Afğonistondagi vaziyat keyingi yillarda oğirlaşa boşladi. «Tolibon» radikal harakati mamlakatning qişloq hududlarida ta'sir doirasini kengaytirmoqda. Jangarilar endilikda yirik şaharlarga hujum qila boşlaşgan. Mamlakatda IŞID ta'siridagi kuçlar ham paydo bölgan, bu vaqtda bu ikki taşkilot özaro duşman hisoblanişadi.








