Xitoy AQŞ esminetsi USS Stethem’ning Janubiy Xitoy dengizidagi Sişa bahsli hududlariga özboşimçalik bilan kirib borişi tufayli AQŞni öz suvereniteti va xalqaro huquqni qöpol buzişda aybladi, deb aytilgan Xitoy taşqi işlar vazirligida. Xitoy bu orollarni öziniki deb hisoblaydi.
Esminets Xitoy harbiy kemalari va samolyotlari tomondan kutib olingan.
"Sişa orollari azaldan Xitoy hududi hisoblanadi. AQŞ "erkin navigatsiya" bayroği ostida navbatdagi marta harbiy kema yubordi. Bu kema özboşimçalik bilan Sişa orollari suv hududiga kirib, Xitoy qonunlari va xalqaro huquqning tegişli me'yorlarini hamda Xitoy suverenitetini buzib, bu hududdagi tinçlik, xavfsizlik va tartibga putur yetkazdi", deb aytilgan Xitoy taşqi işlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan bayonotida.
"Bu jiddiy siyosiy va harbiy iğvogar harakatlardir, ular oroldagi infratuzilma va personalni xavf ostiga qöydi", deyilgan xabarda.
Xitoy AQŞni Xitoy suvereniteti va uning xavfsizligiga tahdid qiluvçi harakatlarni töxtatişga çaqirdi. Xitoy vakili uning mamlakati davlat suvereniteti va xavfsizligini himoya qiliş uçun barça zarur çoralarni köriş huquqiga egaligini ta'kidlab ötdi.
Xitoy, Yaponiya, Vetnam va Filippin örtasida Janubiy Xitoy va Şarqiy Xitoy dengizlarida dengiz çegaralari va javobgarlik hududlari böyiça bahslar mavjud bölib, Pekin Sişa va Nanşa arxipelaglarini öziniki deb hisoblaydi va bu orollardagi va unga yondoş suv hududlaridagi öz faoliyatini töliq qonuniy ekanligini va Xitoy suvereniteti ostiga tuşişini ta'kidlab keladi. Biroq bu orollarga yuqorida tilga olingan davlatlar ham egalik qiliş borasida e'tirozlar bildirib keladilar.








