Rossiyada bölib ötgan Konfederatsiyalari kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Finalda amaldagi JÇ ğolibi Germaniya va Kopa Amerikaning amaldagi çempioni Çili terma jamoalari kuç sinaşişdi.


Uçraşuvning 20-daqiqasida Çili terma jamoasi himoyaçisi Diasning qöpol xatosidan keyin Timo Verner töpni egallab olib, böş darvoza qarşisida turgan Ştindlga yetkazib berdi. «Borussiya» Myongxengladbax sardori bu vaziyatda qiyinçiliksiz darvozani işğol qilib hisobni oçdi.



Uçraşuvning dastlabki va goldan keyingi vaziyatlarda ham Çili ustunlik qilib, bir neça marta golli vaziyatlar yaratgan bölsada, ulardan foydalana olmadi va natijada Germaniya öz tarixida birinçi marta nufuzli musobaqa boş sovrinini qölga kiritdi.





Konfederatsiyalar kubogi-2017
Final
Çili – Germaniya 0:1 (0:1)







