Italiya tashqi ishlar vazirligi Vena Italiya bilan chegarasida muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun harbiylarni joylashtirmoqchiligidan keyin Avstriyaning Rimdagi elchisini chaqirtirdi. Bu haqda ANSA nashri xabar bermoqda.
"Italiya tashqi ishlar vazirligi Avstriyaning Rimdagi elchisi Rene Pollittser Avstriya Brenner dovonida qo‘shinlarni joylashtirmoqchiligini ma'lum qilgandan keyin vazirlikning bosh kotibi, elchi Elizabett Belloni tomondan 4 iyul ertalab chaqirtirilganini ma'lum qilgan", deyilgan xabarda.
Avvalroq Avstriya mudofaa vazirligi agar Italiyadan kelayotgan muhojirlar oqimi kamaymasa, Brenner dovonidagi Avstriya-Italiya chegarasida 750 gacha harbiy joylashtirishga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mart oyi oxirida Avstriya hukumati o‘z yurtiga ko‘ngilli ravishda qaytishni istagan muhojirlarga to‘lovlarni ikki marta oshirgandi.











