2021-2025 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy yalpi içki mahsuloti 285 mlrd dollardan 543 mlrd dollarga oşib, qariyb 2 barobarlik ösiş kuzatilgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Ruslan Abaturov Jahon banki maʼlumotlari asosida miqtaqa davlatlarining iqtisodiy körsatkiçlarini tahlil qildi.

2025-yil yakunlariga köra Mintaqa YaIMining mamlakatlar kesimidagi tarkibida Qozoğiston eng katta uluşga ega bölib qolyapti. Ammo hisobot davrida umumiy uluş 60 foizdan 56 foizga qisqargan. Öz navbatida Özbekistonning uluşi 24,6 foizdan 27,1 foizga, Qirğizistonniki 2,9 foizdan 4,2 foizga, Tojikistonniki 2,9 foizdan 3,3 foizga oşgan. Turkmanistonning uluşi esa 9,6 foizdan 9,2 foizga kamaydi.

Qozoğiston iqtisodiyoti 5 yil davomida 171 mlrd dollardan 306 mlrd dollarga oşgan. Örtaça yillik real ösiş 4,8 foizni taşkil etib, mintaqa mamlakatlari orasida eng past körsatkiç böldi, şu sababli Qozoğistonning mintaqa iqtisodiyotidagi uluşi kamaygan.

Qozoğiston yalpi içki mahsuloti tarkibida qişloq xöjaligining uluşi 5,4 foizdan 3,7 foizga sanoat va qurilişning uluşi esa 33,1 foizdan 32,3 foizga kamaydi. Şu bilan birga, xizmatlar sohasining uluşi 56,1 foizdan 57,7 foizga oşdi. Qişloq xöjaligida qöşilgan qiymatning örtaça yillik real ösişi 3,5 foizni, sanoat va qurilişda 5,5 foizni, xizmatlar sohasida 4,4 foizni taşkil etdi.
Qirğiziston yalpi içki mahsuloti 8,3 mlrd dollardan 22,6 mlrd dollarga yetdi. Örtaça yillik real ösiş 9,2 foizni taşkil etib, mintaqa mamlakatlari orasida eng yuqori körsatkiç böldi. 2021-yildan keyin iqtisodiy ösiş tezlaşib, 2022–2023-yillarda real YAIM ösişi yiliga qariyb 9 foizni, 2024–2025-yillarda esa 11 foizdan köproqni taşkil etdi.
Qirğiziston iqtisodiyoti tarkibida qişloq xöjaligining uluşi 12,2 foizdan 8 foizga kamaydi. Sanoat va qurilişning uluşi deyarli özgarmay, 26,9 foizdan 26,5 foizga tuşdi, xizmatlar sohasining uluşi esa 50,7 foizdan 51,2 foizga oşdi. Qişloq xöjaligida qöşilgan qiymatning örtaça yillik real ösişi 2,3 foizni, sanoat va qurilişda 10,5 foizni, xizmatlar sohasida 8,5 foizni taşkil etdi.















