Samsung kompaniyasi Amazon Echo va Google Home muqobili ustida işlamoqda. Bu haqida The Wall Street Journal öz manbalariga asoslanib xabar berdi. 

Vega kod nomini olgan kolonkaga Bixby ovozli yordamçisi integratsiyalaştiriladi. Bunda intellektual qurilmaning funksiyalar töplami hozirça aniq emas. Kolonkaning çiqiş sanasi ham noma'lum. 

Manbada keltirilişiça, qurilma ustida işlaş jarayoni Bixby'ga boğliq muammolar sabab qiyinlaşmoqda. Samsung Galaxy S8 va S8+ smartfonlarining asosiy ustunliklaridan biri sifatida reklama qilingan ovozli yordamçi ötgan oydagina ingliz tilini qöllab-quvvatlaydigan böldi va u hamon avvalgidek beta-rejimida. WSJ ma'lumotlariga köra, Bixby'ning töliq relizi "iyulning ikkinçi yarmidan erta" kutilmaydi. 

Jurnalistlarning taxminlariga köra, Samsung tezkorlik bilan ösib borayotgan aqlli uy jihozlari bozoriga çiqib, Amazon, Google, Apple va Microsoft kompaniyalariga raqobat muhitini yaratadi. Bundan taşqari, tasdiqlanmagan ma'lumotlarga köra, Osiyoning Alibaba va Line internet-gigantlari ham şunday qurilmalarni işlab çiqarişmoqda.