10:47 / 10.07.2017
17304

O‘zbekiston - AQSh. O‘zbekistonlik shifokorlar termasi yirik hisobda g‘alaba qozondi (Video)

Avstriyada shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining final bosqichi boshlandi.

Morell Cup turnir nomidagi turnirda O‘zbekiston shifokorlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Jamoaning feysbukdagi sahifasida ma'lum qilinishicha, 9 iyul kuni bu jamoa ilk uchrashuvda maydonga tushdi.

A guruhidan o‘rin olgan terma jamoa ilk uchrashuvda AQSh vakillarini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Zaltsburgdagi «Steinbergstadion» stadionida kechgan uchrashuvda O‘zbekiston vakillarining gollariga Servar Tolipov (dubl), Timur Qobilov va Iftixor Nig‘matov mualliflik qilishgan.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Braziliya va mezbon Avstriya terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

10 iyul kuni bu terma jamoasi mezbonlar - Avstriya vakillariga qarshi maydonda saf tortishadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Ma'lumot uchun, terma jamoaga «Bunyodkor»da faoliyat yurituvchi Sergey Chigodayev murabbiylik qilmoqda.

O‘zbekiston shifokorlar termasi tarkibi: Farhod Umarov, Farrux, Kamoliddin Davlatov, Fazliddin Nazirov, Nasriddin Hasanov, Laziz Yo‘ldoshev, Aziz Rahmatov, Rajab Ali Tojiyev, Elyor Ermakov, Ulug‘bek Rahimov, Rustam Yunusov, Antoniy Malkov, Lutfulla Maqsudov, Mahmud Malikov, Sergey Chigodayev.

Mavzuga oid
Top