15:40 / 15.07.2017
23933

Toshbaqaga yordam berishga harakat qilgan politsiyachi kulguga qoldi (video)

Internetda vestmorlendlik politsiyachi ishtirokidagi noodatiy video paydo bo‘ldi. U kayman toshbaqasini qutiga solishga harakat qilgan. Gap shundaki, jonivor kuchli yomg‘ir paytida do‘konlarga yaqinlashib kelgan, biroq ortga qayta olmagan. Shunda so‘ng unga superpolitsiyachi yordamga keldi! Biroq, uning ham toshbaqaga “kuchi yetmagan”.

Ammo, ushbu politsiyachi ustidan kulishga shoshilmang. Kayman toshbaqasi juda tajovuzkor bo‘lib, jiddiy jarohat yetkazishi mumkin. Tishlash kuchi esa – bir kvadrat santimetrga 70 kilogramm, bu it yoki hattoki akulaning tishlashidan ikki barobarga kuchliroq, degani.

Mavzuga oid
Top