12-avgustga ötar keçasi Ukraina qurolli kuçlari Rossiya harbiy-dengiz flotining Novorossiysk portidagi bazasiga yopirilma hujum uyuştirgandi. 13-avgust kuni uşbu port «maşğulotlar davrida» yopilişi ma’lum qilindi. «Interfaks» naşri yozişiça, port akvatoriyasida kemalar va boşqa suziş vositalari harakatiga taqiq 14-avgustdan kuçga kiradi.

Ukraina qurolli kuçlarining Sevastopol akvatoriyasini muntazam ravişda öqqa tutişi natijasida Novorossiysk Rossiya Qora dengiz floti kemalari uçun asosiy joylaşuv nuqtasiga aylangandi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 12-avgust kuni keçqurungi bayonotida uşbu hujumda «Palyanitsa» reaktiv dronlari, «Neptun» raketalari va suvosti dronlari qöllanganini aytgandi. «Havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, priçallar va dengiz porti infratuzilmasiga zarba berilgani tasdiqlandi», – deya qayd etgan u. Zelenskiyning sözlariga köra, turli qurollar iştirokidagi bunday kombinatsiyalangan hujum ilk bor amalga oşirilgan.

Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi zarbalar natijasida «Admiral Makarov» va «Admiral Essen» fregatlari, «Buyan-M» kiçik raketa kemasi hamda «Vasil Bikov» patrul kemasi şikastlanganini tasdiqlagan.

Vantor / Reuters / Scanpix / LETA
Hujum vaqtida şikastlangan harbiy kemalar priçali
Vantor / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Yevgeniy Xmara zarba yuzasidan bergan izohida Ukraina qurolli kuçlari «Rossiya harbiy maşinasini işdan çiqargani»ni aytgan. U xuddi Zelenskiy kabi amaliyotni «noyob» deb atagan. «Kombinatsiyalangan zarba raketalar, reaktiv dronlar va suvosti dronlari orqali berildi», – deya qayd etgan u.

Ukraina razvedka boşqarmasi esa zarbalar oqibatida «Gruşovaya» neft bazasi infratuzilmalari hamda Rossiyaning Qora dengizdagi eng yirik terminali hisoblangan «Şesxaris» neft quyiş terminali aniq nişonga olinganini ma’lum qilgan.

Hujum oqibatlari Vantor kompaniyasi tomonidan olingan tezkor sun’iy yöldoş tasvirlarida aks etgan. Rossiyadagi harbiy mavzuga ixtisoslaşgan «Harbiy darakçi» telegram-kanali kadrlarda «Admiral Essen» va «Admiral Makarov» kemalari zarbaga uçraganini köriş mumkinligi, ammo şikastlaniş darajasini aniqlab bölmasligini qayd etgan. Şuningdek, ğalla terminali infratuzilmasi, neft quyiladigan priçaldagi tanker va non mahsulotlari kombinati binolarida zarba izlarini körinib turadi.