Astana politsiyasi «Qozoğiston şa’niga buzğunçi va provokatsion bayonotlarga yöl qöygan, xususan, Qozoğiston şaharlarining hududiy yaxlitligi va davlatga mansubligi borasida şubha bildirgan» çet el fuqarosi deportatsiya qilingani haqida xabar berdi. Uşbu qiz Qozoğiston fuqarolari, mamlakat madaniyati va an’analariga nisbatan «kamsituvçi stereotiplar»ga yöl qöygani ta’kidlangan.

Qayd etilişiça, politsiya uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini monitoring qiliş paytida «provokatsion» izohlarni aniqlagan. Unga nisbatan ma’muriy iş oçilgan, jarima tayinlangan, mamlakatdan çiqarib yuborilgan va unga beş yil davomida Qozoğistonga kiriş taqiqlangan.

Politsiya uşbu xorijlikning aynan qanday bayonotlari unga qarşi ma’muriy iş qözğatilişiga sabab bölganiga aniqlik kiritmagan. Azattyq Asia naşri yozişiça, u Astana markazida odamlar «vigvamlarda (hindular çodiri) yaşaşi, otda yurişi kerak», deb aytgan. Boşqa bir efirda esa qozoğistonliklarni rus tilini bilmagani uçun «sassiq» deb atagan.

RIA Novosti ma’lumotiga köra, gap strimer Kseniya Guzayeva (Fasoollka) haqida ketmoqda. U öz strimlarida Qozoğistonni «Ştrafostan», Astanani «qişloq» deb atagan va «Pavlodar bizniki» degan. «U biznikidek eşitiladi, u Qozoğistonniki bölişi mumkin emas. Unda nega Pavlostan emas?» – deydi u.

Twitch’da 360 mingdan ortiq obunaçiga ega bölgan Guzayeva Qozoğistonga iyun oyi boşida kelgan. U öz telegram-kanalida deportatsiya qilinganini tasdiqlab, sönggi bir hafta içida uç marta politsiyaga borganini ta’kidladi. Özining aytişiça, sönggi martasida yarim kunni tergov hibsxonasida ötkazgan.

Meni «ştrafostan» va «lagostan» haqidagi hazillarim uçun sud qilişdi. Natija: menga 85 ming tenge (taxminan 15 ming rubl) miqdorida jarima belgilandi. Meni deportatsiya qilişganini qaçon bildim? Aeroportda, röyxatdan ötiş joyida. Meni deportatsiya mavzusida sud qilişmadi va hukm çiqarişmadi, şunçaki postfaktum deportatsiya qilişdi.

Kseniya Guzayeva hafta davomida öziga nisbatan haqorat va tahdidlar bölganini ham aytgan. U postga şunday xabarlarning skrinşotlarini ilova qilgan va öz manzili «birinçi kuniyoq» tarmoqda tarqalib ketganini qöşimça qilgan.