Ukraina vositaçilar orqali Rossiyaga Qora dengizdagi fuqarolik ob’yektlariga özaro zarba berişni töxtatiş taklifini yölladi, deb xabar berdi bu haqda ma’lumotga ega manba Reuters agentligiga.
Bu voqea Britaniyaning asosiy xalqaro ixtisoslaşgan dengizçilik naşri «Lloyd’s List» Qora dengizni «kemaçilik uçun eng xatarli hudud» deb ataganidan söng yuz berdi.
Reuters manbasining sözlariga köra, Kiyev hozirça öz taklifiga javob olmagan.
Sönggi oylarda Ukraina Qrim ta’minotini uzib qöyiş va soya flot tankerlari orqali neft eksportiga putur yetkaziş maqsadida Azov va Qora dengizlarda dronlar yordamida Rossiya kemalarini ta’qib qilişni boşladi. Sönggi kunlarda zarbalar Novorossiyskdagi don terminallariga ham yetib bordi, konteyner taşuvçi kemalar, şuningdek, Kaspiy quvur yöli konsorsiumi terminali va Qozoğiston neftini olib çiquvçi kemalar ham öqqa tutildi. Rossiya esa nafaqat Odessa viloyatidagi portlarga, balki ularga kirayotgan fuqarolik kemalariga, jumladan, xorijiy kemalarga ham zarba bera boşladi. Zarbalar ballistik raketalar bilan berilmoqda, Amerikaning «Patriot» tutib oluvçi tizimlari yetişmasligi sababli Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlarida ularga qarşi himoya mavjud emas.
«Iyul oyida Odessa portlariga kuniga 15 ga yaqin kema kirgan bölsa, oy oxiriga kelib ularning soni bir-ikkitagaça kamaydi», - dedi Ukrainaning eng yirik xususiy port operatori «Transinvestservis» hammuassisi va boş direktori Andrey Stavnitser «Financial Times» naşriga. «Kpler» ma’lumotlariga köra, avgust oyida kemaçilik butunlay töxtagan.
Iyun va iyul oylarida Ukraina rasmiylarining ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasi kamida 50 ta yuk kemasiga hujum qilgan va buning oqibatida 30 dan ortiq kişi halok bölgan, deb yozadi The New York Times. Ular orasida 19-iyul kuni Çernomorsk portidan bir partiya don olib yölga çiqqan «Golden Leo» quruq yuk kemasi ham bor edi.
«Golden Leo» portdan 6,4 km masofaga uzoqlaşganda, Rossiya raketasi uning korpusiga kelib urildi. Oqibatda kema ekipajining 10 nafar a’zosi va ukrainalik lotsman halok böldi, kema esa çökib ketdi.
Öz navbatida, Ukraina dronlari Rossiyaning soya flotidagi tankerlaridan taşqari, Turkiya kemalariga ham hujum qildi va Novorossiysk yaqinida Hindistondan kelayotgan «Fesco» kompaniyasiga tegişli «Yanina» konteyner taşuvçisini çöktirib yubordi. Natijada Rossiyaning eng yirik konteyner taşuvçi kompaniyalaridan biri Qora dengiz orqali qatnovlardan voz keçdi.








