HMD Global kompaniyasi öz rahbariyatini özgartirdi. Arto Nummela HMD Global kompaniyasining boş ijroçi direktori lavozimini tark etmoqda. Kompaniya direktorlar kengaşining umumiy roziligi olingaç, u iste'foga çiqqan. Arto Nummela kompaniya endigina şakllana boşlagan 2016 yilda firmani boşqardi. Uning rahbarligida Nokia 6, 5 va 3 smartfonlari, şuningdek, yangi Nokia 3310 va bir neçta boşqa tugmaçali telefonlar işlab çiqarildi.

Arto Nokia kompaniyasida katta tajribaga ega edi. U bu yerda 1994 yilda faoliyatini boşlab, mahsulotlar yaratiş, biznesni boşqariş, savdo va marketing işlari bilan şuğullangan. U Microsoft Devices kompaniyasining Osiyo, Afrika va Yaqin Şarqdagi şö'balarini boşqargan.
HMD Global kompaniyasi boş ijroçi direktori sifatida Florian Zayxe taniştirildi. U bungaça kompaniya prezidenti lavozimini egallab kelgan edi.

Florian Zayxe Nokia jamoasiga 2013 yilda kelib qöşilgan. U kompaniyaning Yevropadagi bölimida savdo va boşqaruv boş menejyeri sifatida iş boşlagan. Florian Zayxe bundan avval HTC kompaniyasining Yevropa, Yaqin Şarq va Afrikadagi
Savdolar böyiça prezidenti lavozimini egallagan.
HMD Global kompaniyasi Nokia smartfonlari va telefonlarini işlab çiqaradi.











