Finlandiyaning HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostida smartfonlar işlab çiqarişni töxtatdi. Bu haqda TechNetBook xabar bermoqda.

Endi kompaniya veb-saytidan uşbu smartfonlarni sotib oliş imkoni yöq.

HMD Global öz brendi ostida smartfonlar sotişni rejalaştirmoqda. Kompaniya 2016 yildan beri Nokia işlab çiqariş bilan şuğullanib kelgan, ammo bu qurilmalar bozordagi yirik brendlar — Apple va Samsung bilan raqobatga doş berolmadi. Şu sababli ulardan voz keçişga qaror qilindi.

Nokia bozordan butunlay çiqib ketmayapti — kompaniya arzon va köp funksiyali tugmaçali telefonlarni yetkazib berişda davom etadi. Aynan şu modellar 2000 yillar boşida brendni dunyoga maşhur qilgandi.

Eng talabgir model Nokia 3310 bölgan. U ilk bor 2000 yilda işlab çiqarilgan. 2017 yilda esa uning zamonaviy versiyasini işlab çiqariş qayta yölga qöyilgan.