Jamiyat | 16:59 / 21.07.2017
17324
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zingiz va oyoqlaringizga rohat beradigan Heritage gilamlarini 30-40 foiz chegirma bilan xarid qiling

Gilamlar to‘rtburchak yoki doira ko‘rinishdami, jun yoki ipak tolalimi, balki tabiiy iplardan qilinganmi — tayyorlanishidan maqsad bitta, xonadonimizda qulaylik va shinam muhitni yaratishi kerak.

Shunday gilamlarni esa Toshkent shahridagi Heritage — «Mir kovrov» do‘konidan xarid qilish mumkinligi ko‘pchilikka ayon. Do‘kon mahsulotlari xaridorgirligi bois, undagi jamlanma juda tez yangilanadi va shu muddat orasida mijozlar chegirma bilan xursand qilinadi.

Hozir esa ayni shu muddat vaqti: Heritage — «Mir kovrov» gilamlar do‘konida 30-40 foizgacha chegirmalar berilmoqda.

Do‘konda Belgiya, Eron va Turkiyadan keltirilgan sifatli gilamlar mavjud. Ularning sifatli bo‘lishiga sabab esa — butun dunyo bo‘ylab gilamlar markazi deb tan olingan, ishlash uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan va mehnat uchun mos haq to‘lanadigan joylarda tayyorlanganida.

Har birining dizayni va o‘lchami takrorlanmaydigan qo‘l mehnati bilan tayyorlangan gilamlar, chiroyli ko‘rinish beradigan uzun tolali yoki ikki tomonli gilamlar, an'anaviy jilolar yoki sharqona uslub bilan bezatilgan gilamlar, jundan qilinganligi uchun o‘ta mustahkam gilamlar, sovg‘abop ipak gilamlar va quyosh nuri, chang hamda namga chidamliligi bois ko‘chada ham to‘shash mumkin bo‘lgan gilamlarning barini ushbu do‘kondan topish mumkin.

Do‘kon gilamlariga 25 yillik kafolat beriladi va bu muddat davomida ularning rangi ham, o‘lchami ham o‘zgarmaydi, tolalari to‘kilib qolmaydi. Shu bilan birga ularni istalgan vaqtda tozalash mumkin hamda ular oson tozalanishi uy bekalarini xursand qiladi.

Ulkan gilamlar mehmonxonaningizni to‘ldiradi, kichiklari yo‘laklarda qadamingizni yengil qiladi, boshqalari esa xonadoningiz ostonasida sizni kutib oladi. Bunday sifatli gilamlar — uy intereriga yana ham chiroy baxsh etadi va o‘zingiz hamda oyoqlaringizga rohat berish uchun xizmat qiladi.

Marhamat, Heritage — «Mir kovrov» gilamlar do‘koniga tashrif buyuring va 30-40 foiz chegirmalar egasi bo‘ling.

  • Manzil: Toshkent, Beruniy ko‘chasi 18-b uy;
  • Mo‘ljal: «Huvaydo» to‘yxonasi, «Beruniy» metro bekati;
  • Telefon: +998(97) 702-70-70

Ko‘proq suratlar mirkovrov.uz saytida;
Gilamlar Toshkent shahri bo‘ylab bepul yetkazib beriladi;
Chegirmalar muddati cheklangan, shoshiling!

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid