Meksikaning «Yaguares Çyapas» klubi yarim himoyaçisi Xonatan Fabbroga voyaga yetmagan qizning nomusiga tajovuz qiliş böyiça ayblovlar qöyildi, deb xabar bermoqda Infobae.
Infobae naşrining xabar qilişiça, 35 yoşli futbolçida 11 yoşli qiz bilan 5 yil davomida jinsiy aloqalar bölgan. Ilk bor esa bunday holat, qizça 6 yoşda bölganida röy bergani xabar qilinmoqda.
Hodisa qizning katta akasi tufayli oşkor böldi. U singlisining yozişmalarini körib qolib, bu borada tuşuntiriş berişni söragan.
Qizça barçasini tan olgan, şundan söng uning onasi politsiyaga ariza yozdi. Ta'kidlanişiça, Fabbro 20 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.








