Venesuelada aprel oyidan beri hukumatga qarşi bölib ötayotgan namoyişlarda halok bölganlarning umumiy soni 100 kişiga yetdi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi mahalliy prokuraturaga asosan.
Agentlik ma'lumotiga köra, ommaviy norozilik namoyişlarining sönggi qurboniga 15 yoşli ösmir aylangan. Uning hayotdan köz yumişiga nima sabab bölgani xabar qilinmayapti.
Venesuelada aprel oyi boşlaridan beri ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Bu oliy sudning muxolif Milliy assambleya vakolatlarini jiddiy çeklaş böyiça qaroridan söng yuz berdi. Qaror bekor qilindi, biroq muxolifat vakillari sud a'zolari iste'fosi va navbatdan taşqari saylovlar ötkazişni talab qilib köçalarga çiqişdi. Endilikda ular ta'sis yiğilişini çaqirişga ham qarşi çiqmoqda. Ularning fikriça, bu konstitutsiyani özgartirişga harakatdir.
Avvalroq Kolumbiya rahbari Venesuelaga maxsus bayonot bilan çiqqani xabar qilingandi.












