Garçi avvalroq Qozoğiston 2025 yilgaça lotin imlosiga asoslangan qozoq alifbosiga ötişi xabar qilingan bölsa-da, jarayon tezlaştiriladiganga öxşayapti.

2017 yil söngiga qadar Qozoğistonda qozoq tilining yagona lotinça alifbosini qabul qiliş kutilmoqda. Bu haqda 26 iyul kuni Qozoğiston maorif vaziri Yerlan Sagadiyev xabar qilgan, deb yozadi Tengrinews.kz.

«Lotin alifbosiga ötiş haqida töxtalsam. Bu öta muhim loyiha. Bu yerda ehtiyotkor bölib harakat qiliş, xatoga yöl qöymaslik kerak. Bu yil qilişimiz mumkin bölgan yagona iş — barçani qoniqtiradigan alifboni qabul qiliş. Buning uçun bir neça variantlar tayyorlanib, muhokamadan ötkazilib, ulardan birortasini qabul qilib, söngra lotinça imloga ötiş borasidagi rejalarni qurişimiz kerak. Buning uçun maxsus komissiya tuzilgan va u iş olib bormoqda», — degan vazir.

23 iyun kuni Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qozoq tilini lotinça imloga ötkazişni çözib ötirişdan ma'ni yöqligini e'lon qilgan edi.

«Biz buni tuzatiş uçun işga kirişdik. Qozoq tilini lotinçaga ötkaziş bizni yanada jipslaştiradi. Men öz murojaatimda 2025 yilgaça muddat belgilagan edim, lekin bu jarayonni çöziş uçun asos körmayapman», — degan Qozoğiston prezidenti.

Bungaça Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev qirğizlar bundan örnak olmasligi kerakligini ta'kidlab ötgan edi. «Biz özimizda mavjud narsadan voz keçmasligimiz kerak. Agar nimanidir özgartiradigan bölsak, bizda qadimdan öz yozuvimiz bölgan: runiy yozuvi — bitik qirğiz tiliga köproq mos keladi. Lekin biz kirill imlosini saqlab qolişimiz kerak», — degan edi Atamboyev.