28 iyul kuni «Boyqönğir» kosmodromidan uçirilgan «Soyuz MS-05» boşqariluvçi kosmik kemasida MKS-52/53 missiyasida MDU bitiruvçisi, biolog Sergey Ryazanskiy rahbarligidagi ekipaj meditsina va fizika sohasida tajribalar ötkaziş uçun qatnaşadi. Bu rus kosmonavtikasi tarixida olim rahbarlik qiladigan ilk parvozdir, deb yozadi RIA Novosti.

«Biz hozir Moskva davlat universiteti bilan qöşma dastur ustida iş olib boryapmiz. MDUning köplab unikal işlanmalari bor. Talabalar va aspirantlarning özida kosmik stansiyalar va apparatlar bortida ilmiy tajribalar ötkaziş imkoni paydo bölgani juda ajoyib», — dedi Sergey Ryazanskiy.

XKS bortida MDU rektori, akademik Viktor Sadovniçiy rahbarligidagi ilmiy jamoa işlab çiqqan «Vektor-MBI-1» tajribasi qöyiladi.

«Tajribadan maqsad — harakatlanişning kosmik kasalligi (çayqaliş)ning paydo böliş sabablarini aniqlaş uçun vestibulyar stimulyatsiya xususiyatlarini vaznsizlik holatida sinab köriş» — degan MDU rektori Viktor Sadovniçiy.