AQŞ 2026 yilgi federal budjetidan ma’lum bölişiça, Xalqaro kosmik stansiyani (ICC) moliyalaştiriş 508 million dollarga qisqartiriladi. Stansiya 2030 yilda yopilişi kutilmoqda.

Hujjat Oq uy veb-saytida e’lon qilingan va unda NASA tomonidan boşqariladigan va yuk missiyalari sonini, şuningdek, stansiya bortidagi ilmiy tadqiqotlar hajmini kamaytiriş niyati aks etgan.

Tuşuntiriş xatida aytilişiça, budjet ICC öz faoliyatini oxiriga yetkazayotgani sababli fazoni örganiş jarayoniga nisbatan «tejamkor tijorat yondaşuviga» ötişni aks ettiradi. NASA stansiya yopilgandan keyin uning örnini bosadigan xususiy orbital platformalarni işlab çiqiş uçun resurslarni qayta taqsimlaşni rejalaştirmoqda.

NASA tijorat sektorini yangi kosmik stansiyalarni qurişga faol undamoqda. Axiom Space, Blue Origin, Starlab Space va Vast Space kabi kompaniyalarning loyihalari allaqaçon moliyalaştirilmoqda.

NASA Xalqaro kosmik stansiya loyihasi tugallangandan söng Oy va Marsni tadqiq qiliş böyiça xalqaro hamkorlikni kengaytirişni reja qilgan.