Eron Islom Respublikasida yangi prezidentlik muddatiga saylangan Hasan Ruhoniy bugun, 8 avgust kuni mamlakat parlamentiga yangilangan Vazirlar Mahkamasi tarkibini taqdim etdi. Uning dastlabki boşqaruv davrida AQŞ bilan munosabatlar ança yaxşilangan edi: Eronga nisbatan qöyilgan iqtisodiy sanksiyalarning bir qismi bekor qilindi, yadro energiyasini boyitiş dasturi saqlanib qoldi.
Kelgusi davrda ham Ruhoniy vazirlar qatorida Taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif va neft vaziri Bijan Zanganihlar bilan birga işlaşini bildirdi. Yangi davrda iş boşlagan Eron davlati rahbari AQŞning unga nisbatan taşqi siyosatida özgarişlar yuz berişidan xavotirda hamda prezident Tramp saylovoldi davridagi va'dasini bajara olmasa, siyosiy "suiqasd"ga yöl qöygan bölişini ta'kidlagan. Bu murojaat prezident Donald Tramp tomonidan imzolangan Eronga nisbatan yangi sanksiyalarning e'lon qilinişidan söng, Ruhoniy tomonidan aytilgan.
Razvedka mudofaa vazirligi Mahmud Alaviy boşqaruvida qoldi, general Amir Hotamiy esa yangi tayinlangan Mudofaa vaziri sifatida e'lon qilindi. Tajribali siyosiy arbob Is'hoq Jahongiriy mamlakat vitse-prezidenti etib tayinlandi. Hasan Ruhoniydan avvalgi boşqaruv davrida Eron Islom Respublikasini boşqargan Mahmud Ahmadinajot davrida siyosatçi ayol kişi vazir etib tayinlangan edi. Garçi saylovoldi tarğibot davrida “gender sezuvçanligi” barqaror holatga keltirişini aytib ötgan bölsa ham, amaldagi prezident Hasan Ruhoniy bunday qilmadi.
Eron prezidenti ayol siyosatçini vazir etib tayinlay oladimi?











