Jahon | 13:19 / 02.08.2017
7662
3 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti ayol siyosatchini vazir etib tayinlay oladimi?

Foto: The Guardian

Rasmiy Tehron mamlakatni amalda boshqarayotgan Hasan Ruhoniyning ikkinchi tantanali qasamyod marosimini shu haftaning yakshanba kuni​ o‘tkazish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shu bilan birga kelgusi 4 yil davomida Ruhoniy o‘zi bilan ish boshlashi kutilayotgan vazirlar, yuqori davlat xizmatchilarining ro‘yxatini o‘qib eshittiradi. Mustaqil kuzatuvchi va ekspertlarni bir savol qiziqtiradi: vazirlar tarkibida gender muvozanati tiklanadimi?

Eron ichki siyosatida ayol kishining yuqori davlat lavozimini egallashi, siyosiy ta'sir doirasini kengayishi noodatiy holat hisoblanadi. Mamlakatni 2013 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ruhoniy ma'muriyatida bir necha ayol siyosatchilar vitse-prezident va shu turdagi lavozimlarda faoliyat olib borgan. Ammo ayollar tomonidan egallangan kursilar Eron olamida nisbatan kuchsiz «baland joy»lar hisoblab kelinadi. Endilikda islohotchi Ruhoniy vazirlardan birini ayol kishilardan tanlaydimi, bunisi noma'lum bo‘lib turibdi.

Agar bunday vaziyat yuz bergan taqdirda, «Majlis» (Parlament) prezident tomonidan taqdim etilgan ayol vazir nomzodini tasdiqlashi kerak bo‘ladi. Bu esa Hassan Ruhoniyga bosimni yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. May oyida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlaridan oldin Ruhoniy tarafdorlaridan biri Shahindoxt Mulavardi siyosatchi ayollardan uch nafari vazir bo‘lishi mumkinligini bildirgan edi. Ayni paytda mamlakatda katta hurmatga ega vitse-prezident Shahindoxt Mulavardi ayol va oila masalalari bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

1979 yil Eronda yuz bergan inqilobdan so‘ng, mamlakatda ayol kishini vazir etib tayinlash qonuni bugungi kunga kelib, amalda o‘z kuchini yo‘qotib bo‘lgan. Gap shundaki, 2009 yili sobiq prezident Ahmadinajot uch ayol kishini vazirlik lavozimiga nomzod etib ko‘rsatgan va ulardan biri, Marziya Vohid-Dastjardi «Shoh inqilobi»dan beri birinchi ayol vazirga aylangandi. Tarixiy amaliyot Hassan Ruhoniyga buni yana bir bor takrorlashda katta yordam berishi mumkin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid