Samsung Galaxy Note 8’ning ilk suratlari paydo böldi. Yangi qurilmaning taqdimoti 2017 yil 23 avgustga belgilangan. Smartfon haqida köp narsa ma'lum, endi bölsa biz uning dizayni guvohi bölişimiz mumkin. 

Suratlarda körinişiça, Galaxy Note 8 smartfoni Galaxy S8 dan ba'zi jihatlarni oladi. Birinçi navbatda, bu Always On funksiyasiga ega ekran bölib, u salt turiş rejimida ham asosiy ma'lumot: vaqt, sana, eslatmalar va "Uyga" tugmasini aks ettirib turadi. 

Smartfon displeyi bosişlarga sezuvçan bölişi taxmini bor. Boşqa taxminlarga köra, sensor faqatgina “Uyga” tugmasi hududidagina mavjud böladi.

S Pen stilusi ham suratlarda aks etgan. Körinişidan bu qurilma Note 7 töplamidagidan farq qilmaydi. Suratlarni çop etgan manba ham stilus texnik jihatdan özgarmagan deb ta'kidlamoqda. U ilgarigidek juda sezuvçan qolgan: S Pen uçidagi sensor 4 096 ta bosiş darajasini ajratişga qodir.   

Samsung Galaxy Note 8 modeli 1 440×2 960 nuqtali körsatiş qobiliyatiga ega 6,3 dyuymli ekran olgan. Asosiy kamera – 12 Mp, frontal kamera – 8 Mp. Smartfon 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6 GB tezkor xotira va 64 Gb doimiy xotira bilan jihozlangan. Batareya siğimi 3300 mA•soat ni taşkil qiladi.