Samsung Galaxy Note 8 smartfonining maketi Xitoydagi WEBO mikrobloglar saytida paydo böldi. Galaxy Note 8 maketining Samsung Galaxy S7 bilan taqqoslangani aks etgan videosi boşqa bir foydalanuvçi tomonidan internet tarmoğiga qöyildi. Suratga köra, Samsung kompaniyasining yangi fableti tik joylaşgan ikkita asosiy kameraga ega böladi. Bundan taşqari, ikkita yoritqiçga ega bölişi ehtimol. 

Qurilmaning orqa yoki old tomonida barmoq izlari skanerining yöqligi ham muhim ahamiyatga ega. Bu şuni anglatadiki, Samsung skanerni ekran ostiga joylaştirişning uddasidan çiqqan. Samsung barmoq izlari skanerini Samsung Galaxy S8 / Galaxy S8 + smartfonlarining orqa paneliga kamera yoniga joylagan edi. 

Galaxy Note 8 ekrani 6,3 dyuym bölişi kutilmoqda. U AQŞda Snapdragon 835 protsessorlarida, boşqa mamlakatlarda Exynos 8895 SoC çipsetlarida işlaydi. Batareyasi 3700 mA*s hajmda böladi. Galaxy Note 8 1-6 sentabr kunlari Berlinda bölib ötadigan IFA-2017 şousida taqdim etilişi mumkin, deb yozadi PhoneArena.

Qayd etiş joizki, keyinroq, Samsung Galaxy Note 8 maketining videosi Youtube saytidan olib taşlandi.