Samsung kompaniyasi yangi flagmanlarining texnik xususiyatlari muhokama bosqiçida internetda Galaxy S8 va  Galaxy S8 Plus qurilmalari ikki kamera bilan ta'minlanişiga oid taxminlar ilgari surilgan edi. Tönğiç modelning suratlari tarmoqda tarqalgandan keyin bu taxminlar bilvosita tasdiqlandi. Phonearena şu haqidagi ma'lumoti bilan bölişdi. 

Suratlar işlab çiqaruvçilarning ikki vertikal kamerali smartfon taqdim etişni rejalaştirganidan dalolat beradi. Internetda mazkur flagman prototipining yangi tasvirlari tarqalişda davom etmoqda. Yaqinda smartfonning old va orqa qismi surati paydo böldi. Unda qurilmaning ikki kamera va barmoq izlari skaneri bilan ta'minlanganini köriş mumkin. 

 

Ba'zi foydalanuvçilarning taxminlariga köra, suratlarda taqdimoti rejalaştirilayotgan Galaxy Note 8 fableti aks ettirilgan bölişi mumkin. 

Gadjyetlar borasida aksariyat taxminlari töğri çiqişi bilan tanilgan KGI Securities tahlilçisi Min-Çi Kuo Janubiy Koreya gigantining haqiqatda Note lineykasidan voz keçmasligini tasdiqladi. 

Şuningdek Galaxy Note 8 flagmani 6.4-dyuym QHD+ qarorli Super AMOLED-displeyi, Snapdragon 835 yoki Exynos 8895 top protsessori, 6 Gb operativ va 256 Gb flesh-xotira bilan ta'minlanişi ma'lum qilingan. Uning taşqi körinişi Galaxy S8'ga öxşaş böladi.