8 avgust kuni alyuminiy fyuçerslari 2014 yilning dekabridagi maksimum narxga qadar kötarildi. Bu Xitoyda metallni noqonuniy işlab çiqariş bilan kuraş boşlangani haqidagi ma'lumotlar tarqalgaç röy berdi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
Aniqlik kiritilişiça, LME’da bu şartnomalar 1,5 foizga qimmatlaşib, bir tonna uçun 1993 dollarni taşkil etdi.
Bir kun avval ularning narxi 2,8 foizga oşgan.
Xitoyda jahon alyuminiysining taxminan 60 foizi işlab çiqariladi. Uşbu davlatda hukumat tegişli ruxsatnoma va ekologik sertifikatlarni olmagan zavodlarni yopmoqda, deb xabar tarqatdi Reuters.
Masalan, Xitoyning uşbu metallni işlab çiqaruvçi yirik kompaniyasi China Hongqiao Group quvvati yiliga 2 mln tonnadan ortiq bölgan eskirgan işlab çiqariş maydonlarini yopişi haqida ma'lum qildi.
Agentlik tahlilçilarining taxminiça, 2017 yilda Xitoyda alyuminiy işlab çiqariş böyiça quvvatlar 3-4 mln tonnaga, yoki butun mahalliy bozorda işlab çiqarilayotgan mahsulotning 10 foiziga qisqarişi mumkin.







