Nufuzli "Oskar" mukofotini topşiruvçi Kinematografiya fan va san'at akademiyasi prezidenti saylovlarida kutilmaganda operator Jon Beyli ğolib böldi. Bu haqida Variety xabar berdi. 

Beyli mazkur lavozimda maksimal muddat - tört yil faoliyat yuritgan Şeril Bun Ayzeksning örnini egallaydi. Ta'kidlaş joizki, Ayzeks iştirokida "Oskar" siyosatiga sezilarli özgarişlar kiritildi. 

74 yoşli Jon Beyli "Misima: Tört bobli hayot" (1985),"Suğur kuni" (1993), "Bundan yaxşisi bölmaydi" (1997) kabi filmlari bilan tanilgan. U biror marta ham "Oskar"ga da'vogarlik qilmagan. 

Ba'zi ma'lumotlarga köra, kinoakademiya prezidenti lavozimi uçun şuningdek aktrisa Lora Dern, kasting böyiça direktor Devid Rubin va boşqalar kuraşgan. 

Ta'kidlanişiça, taşkilotning aksariyat a'zolari yangi rahbar ayol kişi yoki qora tanli bölişiga umid qilişgan. Ayzeks – bu lavozimdagi uçinçi ayol, şuningdek kinoakademiyaning birinçi qora tanli prezidenti.